TOSHKENT, 21 iyul – Sputnik. Ukrainada bugun muddatidan oldin parlament saylovlari boʻlib oʻtmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.
Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 8:00 dan 20:00 gacha ishlaydi. Saylovda 24 partiyadan 3220 nafar deputatlar ishtirok etmoqda.
Ukraina qonunchiligiga koʻra Rada deputlarining yarmi – partiyalar bergan roʻyxatga asosan, ikkinchi yarmi esa – majoritar okruglardagi saylov natijalariga koʻra tanlab olinadi. Saylovda faqat 5 %dan koʻproq ovoz toʻplay olgan partiyalr ishtirok etish huquqiga ega.
Bu safar Ukraina saylovlarida Rossiya hamda PASE kuzatuvchilari taklif qilinmagan. Shuningdek ovoz berish faqat Ukrainaning Kiyev nazorati ostida boʻlgan hududlarida boʻlib oʻtadi. DNR va LNR hududlarida 10 millionga yaqin ukrainaliklar ovoz bera olmaydi.