Atambayev oldiga Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari keldi, biroq u uyga kiritilmadi

© Sputnik / Nuris AlimbayevZamestitel glavi ministra vnutrennix del Mirlan Kanimetov pribil v selo Koy-Tash k domu bivshego prezidenta Almazbeka Atambayeva
Zamestitel glavi ministra vnutrennix del Mirlan Kanimetov pribil v selo Koy-Tash k domu bivshego prezidenta Almazbeka Atambayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan avval sobiq prezidentga uch marta IIVga kelish haqida chaqiruv qog‘ozi berilgan.

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Qirg‘iziston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Mirlan Kanimetov Qo‘y-Tosh qishlog‘ida joylashgan Almazbek Atambayev uyiga keldi, deb xabar qildi voqea joyidan Sputnik Qirg‘iziston muxbiri.

Bivshiy prezident KR Almazbek Atambayev posle press-konferensii na territorii svoyego doma v sele Koy-Tash - Sputnik O‘zbekiston
Almazbek Atambayev uchinchi marta Ichki ishlar vazirligiga chaqirtirildi

Vazir o‘rinbosari IIV tergov guruhining boshlig‘i bilan keldi.

Bundan avval Atambayevga uch marta IIVga kelish haqida chaqiruv qog‘ozi berilgan. Shu haftada sobiq prezident Rossiyaga uchmoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Kelganlar oldiga Atambayevning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva chiqdi. Unga Atambayevni jinoiy avtoritet Aziz Batukayev noqonuniy ozod qilinishi ishi bo‘yicha so‘roq qilish uchun kelgani haqida ma’lum qilindi.

Joldubayeva o‘z navbatida chaqiruv qog‘ozlar qonunga zid ravishda berilgani ta’kidladi. Chunki ular Jo‘qorku Keneshning Atambayevni daxlsizlikdan mahrum etilishi haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqilishi uchun Konstitutsiyaviy palataga ariza topshirishgan.

Oqibatda militsiya vakillari uyga kiritilmadi.

“Ariza noyabrda ko‘rib chiqiladi. Ungacha Atambayev militsiyaga kelmaydi”, - dedi Joldubayeva.

Qirg‘iziston parlamenti 13-iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qilindi. Jo‘qorg‘u Keneshi xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

Prezident Kirgizii Almazbek Atambayev na press-konferensii po itogam rossiysko-kirgizskix peregovorov v rezidensii Ala-Archa v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atambayev tergov boshqarmasiga chaqirtirildi

Xulosaga asosan Atambayevga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va stansiyaga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruksiyasida korrupsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Qo‘y-Tosh va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi.

27 iyun kuni mamlakat parlamenti deputatlari Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomini olib tashlashga ovoz berishdi. Sobiq prezident maqomini olib tashlashga 103 deputat ovoz berdi, faqatgina 6 deputat bunga qarshi bo‘ldi.

Atambayev uyida uning tarafdorlari “xalq shtabini” tuzishgan.

Yangiliklar lentasi
0