Jamiyat

Hududlarga biriktirilgan maktablarni koʻrsatuvchi onlayn xarita ishga tushdi

© XTVOnlayn karta shkol s ukazaniyem prikreplennыx mikroregionov
Onlayn karta shkol s ukazaniyem prikreplennыx mikroregionov - Sputnik Oʻzbekiston
Xalq taʼlimi vazirligi muayyan hududga biriktirilgan maktablarni koʻrsatuvchi onlayn xaritani ishga tushirdi.

TOSHKENT, 22 iyul – Sputnik. Ota-onalar uchun maktab joylashuvi va mikrohududni aniqlashga yordam beruvchi onlayn xarita ishga tushdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

gis.uzedu.uz  manzilida joylashgan  xarita ota-onalarga oʻzlarining mikrohududlari va ularning hududlaridagi maktablarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda mazkur xizmat test rejimida faoliyat yuritmoqda. Onlayn xaritaga Toshkent shahridagi barcha maktablar mikrohududlari bilan kiritilgan”, - deyilgan xabarda.

Xizmatdan foydalanish uchun saytga kirish kerak va tegishli tumanni tanlash lozim. Shundan keyin Maktablarni ko‘rish tugmasini bosish kerak va tizim xaritada maktablarni koʻrsatadi. Yangi qabul tizimi joriy etilayotgan maktablar qizil rangda koʻrsatilgan.

Ushbu yangi xizmat Xalq taʼlimi sohasida AKTni rivojlantirish markazi xodimlari tomonidan yaratilgan. Kelajakda xizmat kengaytirilib, respublikadagi barcha maktablarning mikrohududlarini koʻrish imkoniyati yaratiladi.

Eslatib oʻtamiz, maktablarning mikrohududlari tuman hokimiyatlari qarori bilan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyulda qabul qilingan 469-son qaroriga muvofiq maktablar birinchi navbatda ushbu hududga biriktirilgan manzillardan oʻquvchilarni qabul qilishi kerak.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala