Sankt-Peterburgdagi uy tomida o‘zbekistonlikning jasadi topildi

© Sputnik / Viktoriya Viatris / Mediabankka o‘tishVzriv v metro v Sankt-Peterburge
Vzriv v metro v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘limga elektr toki urishi sabab bo‘lgan.

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Sankt-Peterburgdagi uy tomida o‘zbekistonlikning jasadi topildi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi (Rossiya) bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 19-iyul kuni mazkur shaharning Moskva tumanidagi uy tomida O‘zbekiston fuqarosi U.A.ning jasadi topilgan.

Sotrudnik amerikanskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
AQShda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

“Politsiya o‘limga elektr toki urishi sabab bo‘lganini ma’lum qildi”, - deyiladi xabarda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Vakolatxonasi bilan birgalikda konsullik-huquqiy masalalarni hal qilish va marhumning jasadini vatanga yuborishda yordam berish bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan va eslatib o‘tganki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenes avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin +7-965-029-41-49.

Yangiliklar lentasi
0