Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

© Facebook / Komitet jenshin UzbekistanaKomitet jenshin Uzbekistana v yanvare videlil 9,4 milliarda sumov na razvitie jenskogo predprinimatelstva
Komitet jenshin Uzbekistana v yanvare videlil 9,4 milliarda sumov na razvitie jenskogo predprinimatelstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Investitsiya dasturlari doirasidagi loyihalarni amalga oshirish orqali jami 88 ming 294 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. “Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Xotin-qizlar qo‘mitasi "bozorchi ayollar" surbetligiga chek qo‘yadi

“Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va “Hunarmand” uyushmasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusining 5-yo‘nalishini amaliyotga tadbiq etish xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin”, - deyilgan hujjatda.

Hujjatga 2019 yilda ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi, ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha yo‘nalishlar kesimidagi taqsimot; xotin-qizlar uchun davlat dasturi asosida yaratiladigan qo‘shimcha ish o‘rinlarining yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti ilova qilingan.

Shuningdek, xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va tadbirkorlarning mablag‘lari hisobidan o‘z tadbirkorligini tashkil etadigan xotin-qizlarning tuman (shahar) kesimidagi asosiy parametrlari ko‘rsatilgan.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida hunarmandchilik va ipakchilik klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash hamda shu maqsadda mahallalar qoshida hunarmandchilik va ipakchilikka ixtisoslashgan yengil konstruksiyali sexlarni tashkil etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlasin”, - deyilgan qaror loyihasida.

Andijan. Park kulturi imeni A.Navoi - Sputnik O‘zbekiston
Andijon viloyatida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga doir qaror loyihasi tayyorlandi

Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklariga quyidagi vazifalar bayon etilgan.

- yangidan tashkil etiladigan hunarmandchilik va ipakchilik klasteri korxonalarida klaster tizimini to‘liq o‘z ichiga olgan jarayonni tashkil etish, yangi tutzorlarni tashkil etish uchun paxtadan qisqartirilgan yerlardan 100 gektardan kam bo‘lmagan yer maydonlari ajratish;

- zamonaviy pilla yetishtirish inshootlarini qurish uchun tumandagi korxona va tashkilotlarning bo‘sh turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan hamda qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlardan belgilangan tartibda ajratish;

- bir oy muddatda davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari
va tijorat banklari bilan birgalikda dasturga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirilishining aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqish;

- viloyatda tashkil etilgan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” orqali xotin-qizlarni, ayniqsa, qiyin ahvolga tushgan ayollarni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar bo‘yicha qayta tayyorlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan ayollarni o‘qitish dasturini ishlab chiqish.

Yangiliklar lentasi
0