Birinchi avgustdan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi?

CC0 / pixabay / Kalendar. Illyustrativnoye foto
Kalendar. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Avgust oyidan boshlab mamlakatda hayotning turli sohalariga oid yangiliklar kuchga kiradi. Masalan, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oshadi, fuqarolardan ayrim maʼlumotnomalarni talab qilish taqiqlanadi. Batafsil – maqolada.

TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. Adliya vazirligi 2019 yil 1 avgustdan Oʻzbekiston qonunchiligidagi oʻzgarishlar haqida eslatib oʻtdi.

1. Fuqarolardan ayrim maʼlumotnomalarni talab qilish taqiqlanadi.

Davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy shaxslardan jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchalari, soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar, soliq toʻlovchining hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida guvohnomalar, toʻlangan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisida maʼlumotnomalar talab qilinishi taqiqlanadi.

Ushbu hujjatlarni davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar davlat soliq xizmati organlari, ATB “Xalq banki”, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan elektron oʻzaro hamkorlik orqali mustaqil ravishda soʻraydilar va oladilar.

2. Qoʻshilgan qiymat soligʻi va yagona soliq toʻlovchilar safi kengayadi.

Yagona yer soligʻi toʻlovchisi hisoblangan qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtishi mumkin.

Kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi 100 million soʻmdan oshgan, biroq bir milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtadi.

3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ayrim xodimlarining ish haqi oshadi.

Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra vazirlik boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlarini bir yarim baravar miqdorida qoʻllanadi. Batafsil quyidagi maqolada tanishishingiz mumkin.

4. Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oshadi.

Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi. Batafsil quyidagi maqolada tanishishingiz mumkin.

5. Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratmalar miqdori oʻzgaradi.

  • gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan tabiiy gazni sotishdan tushadigan mablagʻlardan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratmalar, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aktsiz soligʻini chegirib tashlagan holda, 5 foiz miqdorda amalga oshiriladi;
  • “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonalari tomonidan elektr energiyasini sotishdan tushadigan mablagʻlardan Jamgʻarmaga ajratmalar, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda, 5 foiz miqdorda amalga oshiriladi;
  • tabiiy gaz va elektr energiyasini sotishdan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tijorat banklari tomonidan avtomatik tartibda amalga oshiriladi.

6. Ayrim turdagi tovarlarni markirovkasiz sotish taqiqlanadi.

2019 yilning 1 avgustidan boshlab, tovarlar toifasidan kelib chiqib, import qilinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan tovarlarni himoyalangan belgi va (yoki) nano-molekulyar texnologiyadan foydalangan holda bosqichma-bosqich majburiy markirovkalash joriy etiladi.

Bunda 39 turdagi tovarlar 2019 yilning 1 avgustidan boshlab majburiy tartibda markirovkalanadi. 

7.  Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga qoʻshimcha kafolatlar beriladi.

Olis va qishloq aholi punktlarida joylashgan byudjet tashkilotlari uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratishni taʼminlagan telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga (mobil aloqa operatorlaridan tashqari) 10 yil davomida quyidagilar kafolatlanadi:

  • ularning xizmatlaridan olis va qishloq aholi punktlaridagi byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari foydalanishi;
  • “Oʻzbektelekom” AK tomonidan Internet tarmogʻiga kirish xizmatini ulanish joyidan qatʼi nazar yagona tarif boʻyicha taqdim etilishi;
  • olis va qishloq aholi punktlaridagi byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari tomonidan mazkur tashkilotlarga, shuningdek, ushbu hududdagi aholi va boshqa yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan telekommunikatsiya vositalarini oʻrnatish uchun maydonlar va infratuzilmalarni begʻaraz asosda taqdim etish.

Shuningdek, telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining foyda soligʻi hamda yagona soliq toʻlovini hisoblashda soliq solinadigan baza olis va qishloq aholi punktlaridagi byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari uchun muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obʼyektlarini yaratishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga kamaytiriladi.

8. Baholovchilar toifalanadi.

Baholovchilarning malaka darajasi va baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlaridagi aʼzoligidan kelib chiqqan holda toifalanadi.

Toifalash natijalarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston Baholash tashkilotlari assotsiatsiyasi va Baholovchilar jamiyatining veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0