Hodisalar

Oʻzbekistonga kislota olib kirishga uringan shaxs toʻxtatib qolindi

© GTK RUzTamojenniki zaderjali furu s yadovitыm veщestvom
Tamojenniki zaderjali furu s yadovitыm veщestvom - Sputnik Oʻzbekiston
Olib borilgan tekshiruvlar natijasida mazkur ashyoviy dalilning xlorid kislotasi ekanligi oʻz isbotini topdi.

TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. Buxoro viloyatidagi “Olot” bojxona postida xodimlari cheraga orqali xlorid kislotani olib oʻtmoqchi boʻlgan shaxs toʻxtatib qolishdi, deb xabar qildi Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti xodimlari respublikamizga olib kirilishi taqiqlangan perekursorni oʻz vaqtida toʻxtatib qolishdi.

“Unda xorijdan mamlakatimizga kirib kelayotgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilganda, mazkur avtoulov kabinasining ichki qismida 30 litrlik yelim idishda oʻtkir hidli, rangsiz suyuq modda borligi aniqlandi”, - deyilgan xabarda.

Olib borilgan tekshiruvlar natijasida mazkur ashyoviy dalilning xlorid kislotasi ekanligi oʻz isbotini topdi.

Ayni vaqtda holat yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala