Toshkent - Qizilo‘rda yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

© Press-slujba Goskomturizma UzbekistanaAvtobusi, kuplennie u kitayskoy kompanii Zhengzhou Yutong Bus
Avtobusi, kuplennie u kitayskoy kompanii Zhengzhou Yutong Bus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan Yutong avtobusi mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da Toshkent avtovokzalidan yo‘lga chiqadi.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. 22-iyuldan e’tiboran Uzautotrans Service MChJ Toshkent- Qizilo‘rda yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovlarini amalga oshirishni boshladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan Yutong avtobusi mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da Toshkent avtovokzalidan yo‘lga chiqadi. Mazkur yo‘nalish masofasi 583 km bo‘lib, yo‘lga 10 soatu 30 daqiqa sarflanadi, yo‘l haqi esa 80 000 so‘mni tashkil etadi.

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Avtobuslar chegarani “G‘ishtko‘prik” va “Jibek Joli” nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kesib o‘tadi. Reyslarning oxirgi to‘xtash nuqtasi “Toshkent»”(O‘zbekiston) va “Saltanat” (Qozog‘iston) avtovokzallaridir. Avtobuslar Qizlo‘rdadan Toshkent tomon soat 16:30 da yo‘lga chiqadi.

Mirziyoyev mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda avtobus yo‘l haqini arzon qilishni buyurdi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Zhengzhou Yutong Bus Co kompaniyasi O‘zbekistonga 68 ta Yutong avtobusini yetkazib bergani va Uzautotrans Service  qo‘shni davlatlar hamda Rossiyaning Moskva, Omsk, Ufa, Samara va Novosibirsk kabi shaharlariga muntazam avtobus marshrutlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0