Iqtisod

Oʻzbekiston oq oltin oʻrniga sariq oltin eksportiga oʻtdi

Bir vaqtlar Oʻzbekiston eksportida eng katta ulush oq oltinga toʻgʻri kelgan boʻlsa, bugun eng katta ulush – oddiy oltinga toʻgʻri kelmoqda.

TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. Soʻnggi yarim yillikda Oʻzbekiston oltin eksporti hajmini keskin oshirdi. Bu haqida Davlat statistika qoʻmitasining hisobotida xabar qilingan.

2019 yilning birinchi yarmida eksport miqdori $ 8,4 milliardni tashkil qildi. Oʻsish surʼati - + 27 %. Shundan  $2 milliardi – oltin eksportiga toʻgʻri keldi. Paxta eksporti esa - bor yoʻgʻi $222 millionni tashkil qildi.   

Bir vaqtlar Oʻzbekiston katta hajmda  “oq oltin” eksport qilgan boʻlsa, endi katta hajmda oddiy oltin eksport qilmoqda. “Oq oltin”ning asosiy qismi esa – Respublika ichida qayta ishlanib tayyor mahsulot sifatida sotilmoqda. 2019 yilning birinchi yarmida toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmi $ 770 millionni tashkil qildi.

Ekonomicheskiy ekspert Anton Shabanov  - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekiston nega bu qadar koʻp oltin sotmoqda - iqtisodchi fikri

Shuningdek, eksport tarkibida xizmatlar (turizm va transport) - $ 1,5 mlrd, energiya manbaalri -  $ 1,4 mlrd, oziq-ovqat mahsulotlari – salkam $ 800 millionni tashkil qildi.  

Eksport geografiyasiga kelsak, eng koʻp oziq-ovqatlar – Qozogʻiston (13 %), Qirgʻiziston (10%) Rossiya (6%), Pokiston (5%) va Afgʻonistonga (4%) yuborilgan.

Toʻqimachilik mahsulotlarining asosiy eksport bozori – Rossiya  $ 300mln, Xitoy – $ 211 mln, Turkiya  $ 80 mln., Qirgʻiziston – $ 43 mln.

Import tarkibi

Birinchi yarim yillikda import hajmi $ 11,2 mlrd.ni  tashkil qildi, oʻsish surʼati - 32 %. Importning asosiy tarkibi jevachka va snikers emas, balki mashina, aspob-uskunalar va ularning qismlari boʻldi - 44 %, kimyo sanoati mahsulotlari – 13 % va oziq-ovqat mahsulotlari – 8 %ni tashkil qildi.

Saxarnыy pesok - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Eksportni oshirish uchun aqlli import qilish kerak - ekspert

Import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari orasida eng katta ulush bugʻdoy va unga tegishli boʻldi – $ 229 mln. Shuningdek shakar xom ashyosi – $ 82 mln, tayyor hayvon yemi – $ 70 mln, choy - $ 23 mln va kartoshka - $ 13 mln.

Kimyo mahsulotlari orasida eng katta ulush – farmatsevtika mahsulotlari ($ 487 mln), plastmassa buyumlarga  ($ 365 mln )  toʻgʻri keldi.

Mashina va aspob uskunalarning asosiy qismi – avtomobil ehtiyot qismlariga toʻgʻri keldi – $ 424 mln. Shuningdek konditsioner, sovutgich va muzlatgichlar – $ 304 mln., Toʻqimachilik tolasini qayt ishlovchi uskunalar –  $ 262 mln., vertolyotlar –  $ 262,5 mln, yuk va maxsus avtomobillar –  $ 239 mln., dollarni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala