O‘zbekistonda qariyb 400 ta kollej binosi maktablarga beriladi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishShkolniki
Shkolniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Natijada 2019-2020 o‘quv yilida maktab o‘quvchilari uchun qo‘shimcha 224 mingdan ortiq o‘quvchi o‘rinlari yaratiladi.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. O‘zbkestonda mavjud 1469 ta kasb-hunar kollejlarining 383 ta binosi maktablarga beriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axbrorot xizmati xabar qildi.

Xabarda ta’kidlanishicha, natijada 2019-2020 o‘quv yilida maktab o‘quvchilari uchun qo‘shimcha 224 mingdan ortiq o‘quvchi o‘rinlari yaratiladi.

Direktor Instituta professionalnogo kadrovika Valentina Mitrofanova  - Sputnik O‘zbekiston
Mitrofanova O‘zbekistonda o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari taqchilligi haqida

Tegishli topshiriqni Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 15-iyulda uzluksiz professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlisda bergan.

Kollejlarni maktablarga aylantirishni samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi boshchiligida respublikaning har bir hududida ishchi guruhlar tuzilgan va belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ishlar boshlab yuborilgan.

Quyida Xalq ta’limi tasarrufiga o‘tkazilishi belgilangan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0