Andijonda FIFA va UYeFA rasmiy to‘plari ishlab chiqariladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishOfitsialniy mach chempionata mira po futbolu 2018 Telstar 18, arxivnoe foto
Ofitsialniy mach chempionata mira po futbolu 2018 Telstar 18, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro turnirlarda foydalaniladigan FIFA va UYeFA rasmiy to‘plari Andijonda ishlab chiqariladi.

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Pokistonning sport kiyimlari ishlab chiiaruvchi yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Forward Group” Andijon viloyatida xalqaro standartlarga mos futbol to‘plari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

Noviy avtobus kotoriy FIFA podaril sbornoy Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
FIFA O‘zbekiston terma jamoasiga yangi Mersedes sovg‘a qildi

Bu haqida O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Furqat Sidiqovning Panjob shahrida kompaniya mulkdori Xvaja Ma’sud Axtar bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralari chog‘ida ma’lum bo‘ldi.

“Forward Group” sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya bo‘lib u FIFAning 2014 va 2018-yilgi jahon chempionati uchun rasmiy to‘p ishlab chiqaruvchi bo‘lgan.Sport buyumlaridan tashqari kompaniya tibbiyot va jarrohlik aspoblari ham ishlab chiqaradi.

Uchrashuv davomida Andijon viloyatida “Forward-TH Sports” zamonaviy futbol to‘plari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonasi qurish masalasi mo‘hokama qilindi. Qimmat va noyob uskunalar bilan jihozlangan korxona oyiga 3 mingta to‘p ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Ushbu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan so‘ng kompaniya O‘zbekistonda yana boshqa korxonalar ochishi mumkinligini xabar qildi.

Yangiliklar lentasi
0