Kasbi tumani IIB boshlig‘ining qiliqlari yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlandi

© Flickr / tuchodiTraktor na pole vo vremya poseva
Traktor na pole vo vremya poseva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tuman IIB boshlig‘i dala seminarida 11 kishiga kishan taqqani, seminarda qatnashmagan fermerga xodim yuborib, tanobini tortmoqchi bo‘lgani haqidagi xabar tarqalgandi.

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekiston IIV Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani IIB boshlig‘ining fermerlarga nisbatan harakati yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Fermeri, yakobi nakazannie za nevipolnenie plana po sboru xlopka - Sputnik O‘zbekiston
"Ariqdagi oltovlon" kimligi aniqlandi

Bu haqda O‘zbekiston  IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari ham o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, xususan, “Daryo” nashrida Kasbi tuman IIB boshlig‘i dala seminarida 11 kishiga kishan taqqani, seminarda qatnashmagan fermerga xodim yuborib, tanobini tortmoqchi bo‘lgani haqida maqola chop qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0