TOSHKENT, 24 iyul - Sputnik. Namanganda sodir boʻlgan YTH oqibatida ikki kishi hayotdan koʻz yumdi.
IIV xabariga koʻra, 23 iyul kuni namanganlik 66 yoshli A.A. Nexia avtomashinasini Pop tumanida “Hazratibob” MFY hududidan oʻtuvchi “Pungon-Namangan” yoʻlida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay olmagan.
Natijada qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan toshkentlik 45 yoshli SH.A.ning Nexia avtomashinasi bilan toʻqnashuv sodir etgan.
YTH oqibatida namanganlik haydovchi kasalxonada hamda u bilan yoʻlovchi sifatida ketayotgan turmush oʻrtogʻi jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar.
Shuningdek, haydovchi A.A.ning bir nafar goʻdak nabirasi va toshkentlik haydovchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.