TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Sankt-Peterburgda 37 yoshli ayol toʻrt egizakni dunyoga keltirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
“Seshanba kuni ertalab soat 10:25 da uch oʻgʻil va bir qiz tugʻildi. Oʻgʻil bolalarning vazni 1 kilo 870 gramm, 1 kilo 930 gramm, 1 kilo 580 gramm va qiz 1 kilo 540 gramm. Ona oʻzini yaxshi xis etmoqda”, - deyilgan xabarda.
Shifokorlar reja asosida onaga kesarcha kesish operatsiyasini amalga oshirishdi.
Chaqaloqlar 35 haftalik muddatda Apgar shkalasi boʻyicha yaxshi baho bilan dunyoga keldi. Hozirgi vaqtda bolalar mustaqil nafas olmoqda.