Iqtisod

Surxondaryoda yangi gaz koni ochildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishDobыcha gaza
Dobыcha gaza - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gazning oʻrtacha kunlik oqimi 300 ming kubometrni tashkil etadi.

TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Bugun, 24 iyul kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” (M25) konida yangi tabiiy gazga boy obʼyekt ochildi.

Spetsialistы predpriyatiy AO Uzbekneftegaz poluchili novыy promыshlennыy pritok prirodnogo gaza s razvedochnoy skvajinы №7 mestorojdeniya Uchtepa  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonning olis qishloqlari qachon gazlashtiriladi - "Oʻzbekneftgaz" javobi

Energetika vazirligining xabar qilishicha, ushbu obʼyekt M25 konida burgʻulash ishlari natijasida aniqlangan. Gazning oʻrtacha kunlik oqimi 300 ming kubometrni tashkil etadi.

Burgʻulash va quduqlarni qurish ishlari Markaziy Osiyo, Rossiya va Yaqin Sharq hududida loyihalarni amalga oshirishda boy tajribaga ega ERIELL kompaniyasi ishtirokida SURHAN GAS CHEMCAL OPERATING COMPANY kompaniyasi tomonidan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim doirasida amalga oshirilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston joriy yilda gaz eksporti hajmini oʻtgan yilga nisbatan 15 foizga oshirishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0