TOSHKENT, 24 iyul - Sputnik. ”Oʻzbekiston havo yoʻllari” 24 iyuldan “Haj – 2019” dasturi boʻyicha parvozlarni boshlaydi, deya xabar beradi aviakompaniya.
Maʼlum qilinishicha, ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga tashish 24 iyuldan 3 avgustga qadar 32 ta reys orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekistoning 7 ta shahri: Toshkent, Buxoro, Samarqand, Nukus, Qarshi, Namangan, Urganchdan 7200 nafar ziyoratchi Haj amalini bajaradi.
Ziyoratchilarni Jidda shahridan oʻz vatanlariga qaytarish 17 avgustdan 1 sentyabrgacha rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2019 yildan oʻzbekistonlik musulmonlar uchun haj safari xarajatlari 33,3 million soʻmgacha tushirilgani xabar qilingan edi.