TOSHKENT, 24 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi - jurnalistining kasb etikasi kodeksini eʼlon qildi.
Jurnalistlar kodeksining asosiy tushunchalari quyidagilardan iborat:
- Xolislik va betaraflik – jurnalist voqea-hodisalarni xolisona yoritadi, ijtimoiy ahamiyatga ega axborotni yashirmaydi;
- Ishonchlilik - jurnalist axborotni tekshirib, haqqoniyligiga ishonch hosil qilganidan soʻng uni tarqatadi va sharhlaydi;
- Milliylik va adabiy til – jurnalist oʻz millati va boshqa millatlar urf-odat va madaniyatiga nisbatan hurmat saqlaydi, materialni tarqatishda adabiy til qoidalariga amal qiladi;
- Shaxsga hurmat – jurnalist shaxsiy hayot daxlsizligini hurmat qiladi, inson qadr-qimmati kamsitilishiga yoʻl qoʻymaydi. Shaxsiy hayot haqidagi maʼlumotlarni faqat ruxsat olgan holda tarqatadi;
- Qonun doirasida - jurnalist noqonuniy yoʻl va nomaqbul vositalar yordamida axborot toʻplash, ovoz yozib olish va materiallar toʻplashi mumkin emas;
- Plagiatsiz - jurnalist oʻz faoliyatida plagiatga (koʻchirmakashlikka) yoʻl qoʻymaydi. Boshqa manbaa axborotidan foydalanganda – aniq manbaa koʻrsatilishi shart.
Ushbu kodeks jurnalistlar va barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari oʻz kasb majburiyatlarini bajarishda rioya etishi shart boʻlgan maʼnaviy-axloqiy yoʻnalishlarni belgilaydi.Uning toʻliq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.