Dunyoda

Ramzan Qodirov 6 yashar bolakayni qoʻriqchilik xizmatiga ishga oldi - video

© Sputnik / Aleksey NikolskiyRamzan Kadыrov
Ramzan Kadыrov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bolaga formali kiyim bosh berildi, oʻyinchoq qurol esa bolalar doʻkonida sotib olindi.

TOSHKENT, 25 iyul – Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov qoʻriqchilikka olti yoshli Muhammad-Emi Gaziyevni ishga oldi.

Bolaning ota-onasi farzandi Checheniston rahbariga qoʻriqchilik qilish istagi haqida bayon etilgan videoni tarmoqqa joylashtirdi. Bu videoni koʻrgan Qodirov bolaning orzusini amalga oshirishga qaror qildi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Kadyrov_95 (@kadyrov._95)

"Bugundan boshlab hech narsadan xavotir olmasam boʻladi. Menda dunyoda tengi yoʻq professional-qoʻriqchi paydo boʻldi”, - deb yozdi Qodirov oʻzining Instagram sahifasida.

Qodirovning soʻzlariga koʻra, bola qoʻrqmas, qatʼiy va jazoratga toʻla.

“U men uchun togʻ boʻlib turish va har qanday hujumni qaytarishga tayyor”, - dedi Qodirov.

Gaziyevga formali kiyim bosh berildi, oʻyinchoq qurol esa bolalar doʻkonida sotib olindi. Bolakayga Axmed Dudayev kurator etib tayinlandi.

Qodirov bolaga “katta, kuchli, haqiqiy vatanparvar va vatan himoyachisi” boʻlib yetishishini tiladi.

Yangiliklar lentasi
0