Hodisalar

Sankt-Peterburgdagi terakt buyurtmachisi qayerda ekani aniqlandi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishZasedaniye suda po delu o terakte v peterburgskom metro
Zasedaniye suda po delu o terakte v peterburgskom metro - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2017 yilda Sankt-Peterburg metrosida uyushtirilgan terakt buyurtmachisi ayni damda Suriyaning Idlib shahrida ekani maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 25 iyul – Sputnik.  2017 yilda Sankt-Peterburg metrosida uyushtirilgan terakt buyurtmachisi Suriyaning Idlib shahrida boʻlishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Moskva sudi prokurori Nadejda Tixonovaning soʻzlariga asosan.

“Jinoyat buyurtmachisi – Sirojiddin Muxtorov, ikkinchi nomi Abu Salax, ayni damda Suriyadagi Idlib shahrida boʻlishi mumkin. U oldin Aleppodagi oʻquv markazini boshqargan, Internet va  ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilik faoliyatini targʻib qilish bilan shugʻullangan”, - dedi prokuror sud vaqtida.   

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining "Sennaya ploщad" va "Texnologicheskiy institut-2" bekatlari orasida kuchli portlash sodir boʻlgan edi.  Oʻshanda terrorchi va 14 nafar tinch aholi qurbon boʻlgan edi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, terakt ijrochisi 22 yoshli Akbarjon Djalilov boʻlgan. Uning faoliyati xorijdan turib boshqarib turilgan. Ushbu jinoiy ish yuzasidan jami 11 kishi hibsga olingan.

Yangiliklar lentasi
0