Toshkentda Oʻzbekistondagi ilk zamonaviy IT Park ishga tushdi

© Gazeta.uzMechtay, ver i postroy eto: v Tashkente otkrыlsya pervыy IT-park
Mechtay, ver i postroy eto: v Tashkente otkrыlsya pervыy IT-park - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
IT Park faol iqtidor egalarini huquqiy, buxgalteriya, marketing va ilmiy-pedagogik masalalarda qoʻllab-quvvatlash orqali oʻz biznes loyihalarini chinakam biznesga aylantirish uchun barcha imkoniyat beradigan maskan hisoblanadi.

TOSHKENT, 25 iyul - Sputnik. Kecha, 24 iyul kuni Oʻzbekistondagi birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki – IT Parkning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar qildi.

Tantanali kecha mehmonlari IT Park boʻylab ekskursiya davomida mamlakatda startaplarni rivojlantirishga qaratilgan eko-muhit va infratuzilma bilan tanishdi.
IT Parkning Qabul Hayʼati tomonidan tanlab olingan birinchi startap loyihalar alohida eʼtibor markazida boʻldi. Tanlovdan oʻtgan dastlabki 15 ta startaperlar orasida:

Kenguru - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Navoiyda kenguru uchun park qurilmoqda

– Akseleratsiya dasturi boʻyicha loyihalar: Fastago – Igor Kim; Document Scanner – Shuhrat Zohidov; Electronic Shelf Label – Muzaffar Mahkamov; Agromart – Akbar Boboxonov; Arzon Apteka – Danik Kamilov; Meteostation – Vladimir Alatarsev.

– Inkubatsiya dasturi boʻyicha loyihalar: Revisor – Islomali Nuraliyev; Event – Shoxruxxon Umarov; Altmed – Maxmudjon Sodiqov; Worklance – Bekzodxon Maxkamov; Delivera – Aziz Qurbonov, Spherra – Rustam Yuldashev, AydaTuda – Vladislav Vavilov; Patient Monitor – Murod Axunov; LockerPost – Rustam Asimov.

Tashkilotchilarning soʻzlariga koʻra, yaqin kelajakda IT Park uchun kovorking markazi, IT akademiya, IT laboratoriya va IT mehmonxonani oʻz ichiga oluvchi uchta yangi binoni topshirish, shuningdek, boshqa hududlardagi yoshlar oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarishi uchun yengillik yaratish maqsadida mamlakat mintaqalarida ham IT Parkning filiallarini ochish rejalashtirilgan.

IT Park bu – istiqbolli startap loyihalarini yoʻlga qoʻyish va ularni bozorga olib chiqishga xizmat qiladigan, fan va taʼlim muassasalari bilan integratsiyalashuv orqali amalga oshirishga moʻljallangan majmua boʻlib, u zarur bino, inshoot va uskunlarni oʻz ichiga oladi. IT Park faol iqtidor egalarini huquqiy, buxgalteriya, marketing va ilmiy-pedagogik masalalarda qoʻllab-quvvatlash orqali oʻz biznes loyihalarini chinakam biznesga aylantirish uchun barcha imkoniyat beradigan maskan hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0