Tojikistonlik ona va bola 4 nafar migrantni quldek ishlatdi

© Vesti.ruMat i sin iz Tadjikistana derjali v rabstve uzbekistansev v Podmoskovye
Mat i sin iz Tadjikistana derjali v rabstve uzbekistansev v Podmoskovye - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonlik ona va bola Moskva viloyatida 4 nafar O‘zbekiston fuqarolarining pasportlarini olib qo‘yib, quldek ishlatishdi.

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. Moskva viloyatiga qisqa vaqtga quldorlik tizimi qaytib keldi, deb xabar qilmoqda "Vesti" telekanali.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 20 nafar xorazmliklarning pasporti olib qo‘yildi

Tojikistonlik ona va bola o‘zbekistonlik 4 nafar migrantlarni quldek ishlatishdi. Dastlab ular ishchilarga 15 kunga 250 dollardan maosh to‘lashini va’da berib, Moskva viloyatiga olib kelgan. Lekin o‘z va’dasining ustidan chiqmagan. Undan tashqari ular registratsiya qilish bahonasida, migrantlarning pasportlarini olib qo‘yib, qaytarib bermagan.

Shundan so‘ng migrantlar 1 oydan ortiq faqat ovqat evaziga ishlashga majbur bo‘lishgan. Oxir oqibat ular politsiyaga murojaat qilishgan.

Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda. Tojikiston fuqarolariga 10-yil qamoq jazosi berilishi mumkin.

Shu o‘rinda mehnat qilish uchun kelayotgan hamurtlarimizga yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz. Har qanday ishni boshlashdan avval ish beruvchi bilan shartnoma imzolash kerak. Xoh u yuridik, hoh  jismoniy shaxs bo‘lsin.

Imzolangan shartnomangiz bo‘lmasa va ish beruvchi bilan nizo kelib chiqsa - hech qanday politsiya yoki sud sizning maoshingizni olib bera olmaydi. Rossiyada qonun himoyasida bo‘lay desangiz – o‘zingiz ham barcha hujjatlaringizni belgilangan tartibda rasmiylashtirib qo‘ying.

Yangiliklar lentasi
0