Jamiyat

Oʻzbekistonda sotilayotgan dorilarning 90% "original" emas - SSV

© Sputnik / Igor ZaremboJenщina pokupayet lekarstva v apteke
Jenщina pokupayet lekarstva v apteke - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
SSV Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish boʻlimi rahbari original va litsenziya asosida ishlab chiqarilgan generik dorilar farqini tushuntirib berdi.

TOSHKENT, 25 iyul - Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi Axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi Muhabbat Ibrohimova original va litsenziya asosida ishlab chiqarilgan dorilar farqini tushuntirib berdi.

Rabota farmatsevticheskogo predpriyatiya Oblastnoy aptechnыy sklad v gorode Chelyabinske - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda sotilayotgan dorilar narxi qanday paydo boʻladi?

Mutaxassis aytishiga qaraganda dorilar ilk bor ixtiro qilinganda va ishlab chiqilganda ular "original" deyiladi.  Ularning patent muddati tugaganidan keyin boshqa firmalar ham shu dorini boshqa nomlar ostida ishlab chiqarishi mumkin boʻladi va bu dorilar "generik" deyiladi. 

Oʻzbekiston bozorida aylanayotgan dori vositalarining 90 % patent muddati tugagan va qayta ishlab chiqarilgan, yaʼni generik dorilar, dedi Ibrohimova. 

- Bitta dorini yaratish uchun kamida 15 yil yoki undan koʻp vaqt ketadi. Bu nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun dunyoda kuzatiladigan real amaliyot. Dori ishlab chiqarilgandan keyin uning nomi original boʻladi. Original dori vositasi patentiga ega boʻlgan firma uni 25 yil davomida faqat oʻzi ishlab chiqaradi, oʻzi narx belgilaydi.

Yangi dori ixtiro qilish, ishlab chiqarish va sinovdan oʻtkazish uchun 15 yil vaqt va 1 milliard AQSH dollari kerak boʻladi, shuning uchun ham original dorilar narxi qimmat boʻladi, - deydi mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0