Bir mlrd so‘mlik sifatsiz dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMedikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte
Medikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. 1 milliard so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Uychi tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Jenshina pokupayet lekarstva v apteke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda sotilayotgan dorilarning 90% "original" emas - SSV

Tadbirda, fuqaro U.M. boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinaning saloni hamda yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan qiymati 412,8 million so‘mlik 54 turdagi dori vositalari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro M.Yo.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida xonadonning orqa tomonidagi bog‘da qiymati 591,4 million so‘mlik 93 turdagi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida umumiy qiymati 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0