Oʻzbekiston mamlakatning ijobiy imidji kontseptsiyasini ishlab chiqmoqda

© FacebookV Tashkente ustanovili 35-metrovыy flag Uzbekistana- video
V Tashkente ustanovili 35-metrovыy flag Uzbekistana- video - Sputnik Oʻzbekiston
Axatovning soʻzlariga koʻra, bu jarayonga eʼtibor avvalo iqtisodiy rivojlanish uchun qulay sharotlar yaratishda muhim ahamiyatga ega

TOSHKENT, 26 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy imidji kontseptsiyasini yaratmoqda va qator davlatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor, deb maʼlum qildi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v Yujnoy Koreye - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston-2035: Markaziy Osiyo yuragini oʻn yetti yildan soʻng nima kutmoqda

"Ayni vaqtda TIV bizning boshqa vazirliklarimiz boshqa vazirliklar bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning xalqaro arenada ijobiy imidji kontseptsiyasini ishlab chiqmoqda", - dedi Axatov.

Axatovning soʻzlariga koʻra, bu jarayonga eʼtibor avvalo iqtisodiy rivojlanish uchun qulay sharotlar yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosariga koʻra, koʻp asrli tarix, mustahkam oʻrin olgan bagʻrikenglik va mehmondoʻstlik qadriyatlari, shuningdek, Oʻzbekistonning resurs salohiyati bu jarayonning tuzilmasi hisoblanadi.

"Oʻzbekiston jahondagi davlatlar oʻrtasida savdo, ishchi kuchi migratsiyasi, kapital, xalqaro kredit va valyuta munosabatlari yuzasidan oʻrnatiladigan aloqalarga faol kirishishdan manfaatdor, keng doiradagi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan sheriklikni oʻrnatishdan manfaatdor", - deb xotima qildi Axatov.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda juma kuni TIV tomonidan mamlakat imidjini xalqaro sahnada mustahkamlashning dolzarb masalalariga bagʻishlangan "doira suhbati" boʻlib oʻtdi.

Tadbirda vazirlik va idoralar, jamoatchilik tashkilotlari, respublika parlamenti hamda Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy diplomatik missiyalar, xalqaro tuzilmalar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala