Tadbirkor tomonidan yoqib yuborilgan hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur To‘ymayevga nisbatan jinoyat ishi ochilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida ro‘y bergan holat yuzasidan rasmiy axborot e’lon qildi.

Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Hokimlarga tadbirkorlik rivojlanishiga qarab baho beriladi

"Tadbirkor Bahriddin Isomovga tegishli ikki qavatli savdo va maishiy xizmat uyini noqonuniy ravishda buzishga bo‘lgan xatti-harakati o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish xulosalariga ko‘ra, tuman hokimi Donayev Shohmurod Xolboyevich hamda prokurori Jamshid Xalilov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Yakkabog‘ tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mansur Tuymayev o‘z vakolatiga kirmaydigan xatti-harakatlarni amalga oshirgani sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayev "Hisor Sarlochin" kompaniyasiga tegishli savdo do‘konlarini buzish ishlarini tashkillashtirayotgan vaqtda mazkur jamiyatda ishlovchi fuqaro Bahriddin Isomov o‘ziga tegishli savdo do‘konini buzilishiga faol qarshilik ko‘rsatib, Tuymayevning yuziga yelim idishda bo‘lgan benzinni sepib, uni yoqib yuborgan.

Hodisa yuz bergan kuni mamlakat prezidenti barcha hokimlarga "asosli zarurat bo‘lmagan holda tadbirkorlarga tegishli mol-mulkni buzishga umuman yo‘l qo‘yilmasligi zarur va shart", deya qat’iy ogohlantirish bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0