Dunyoda

Jeenbekov Issiq-Koʻlga uchib kelgan Emomali Rahmonga nima dedi?

© © Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevV Cholpon-Ate prodoljilis peregovorы prezidentov Kыrgыzstana i Tadjikistana Sooronbaya Jeenbekova i Emomali Raxmona
V Cholpon-Ate prodoljilis peregovorы prezidentov Kыrgыzstana i Tadjikistana Sooronbaya Jeenbekova i Emomali Raxmona - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston prezidenti Qirgʻizistonga ishchi tashrif bilan keldi. Ikki davlat rahbarlari Isfarada boshlangan muzokaralarni davom ettirdilar

TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Qirgʻiziston va Tojikiston prezidentlari Sooronbay Jeenbekov va Emomali Rahmon oʻrtasidagi muzokaralar Cholpon-Otada davom etdi, deb xabar qildi Qirgʻiziston Respublikasi davlat rahbari apparatining axborot siyosati boʻlimi.

Mestnыe jiteli sela Kara-Bak na kыrgыzsko-tadjikskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tojik-qirgʻiz chegarasidagi qurolli mojaro: hozir vaziyat qanday

Ikkiyoqlama hamkorlik, shu jumladan chegaralar delimitatsiyasi va demarkaziyasi masalalariga bagʻishlangan birinchi raund muzokaralar 26 iyul kuni Isfara (Tojikiston)da boʻlib oʻtgan edi.

Jeenbekov Emomali Rahmonga bu tashrif oʻzaro manfaatli hamkorlik faollashuviga qoʻshimcha impuls berishini aytgan va kechagi muzokaralardan koʻngli toʻlganini qoʻshimcha qilib, mehmondorchilik uchun minnatdorlik bildirdi.

Shundan soʻng, ikki davlat prezidentlari muzokaralari Cholpon-Otada davom etgan.

"Biz mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdik, shuningdek, mintaqadagi suv va energetika masalalarini muhokama qildik. Qirgʻiziston Respublikasi Tojikiston Respublikasining suvdan foydalanish masalalariga global darajada jahon hamjamiyati eʼtiborini tortish uchun amalga oshirayotgan bunyodkorlik siyosatini yuqori baholaydi va qoʻllab-quvvatlaydi", - deya qayd etgan Jeenbekov.

Qirgʻiziston rahbari soʻzlariga koʻra, aynan Emomali Rahmonning qoʻllab-quvvatlashi tufayli ikki davlat chegarasida tarixiy uchrashuv boʻlib oʻtgan.

"Bunaqasi davlatlarimiz mustaqillikka erishgandan buyon boʻlmagan. Aminmanki, ushbu uchrashuv ikkiyoqlama hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish boʻyicha keyingi qatʼiy harakatlarimiz uchun tayanch boʻlib xizmat qiladi", - dedi Jeenbekov.

Tojikiston prezidenti esa oʻz hamkasbini ushbu taklif uchun maqtagan.

Pogranichniki na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Tojik-qirgʻiz chegarasida yana kelishmovchilik yuz berdi

"Mehmondoʻst qirgʻiz zaminida uchrashib turganimizdan gʻoyatda mamnunman. Bu uchrashuv Qirgʻiziston va Tojikiston davlatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar boʻyicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga imkoniyat yaratadi. Qirgʻiziston bilan yaqin hamkorligimiz rivojlanishidan manfaatdormiz, axil qoʻshnichilik munosabatlari izchil mustahkamlanib borishiga katta ahamiyat beramiz", - deb taʼkidlagan Rahmon.

Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasidagi hodisa

22 iyul kuni kechqurun qirgʻiz-tojik chegarasida kechqurun qurol ishlatilgan mojaro yuz berdi. Qirgʻiziston davlat chegara xizmati maʼlumotiga koʻra Tojikiston Voruz qishlogʻi aholisi aholi punktiga kirish joyiga bayroq oʻrnatmoqchi boʻlishgan, Oq-Soy (Qirgʻiziston) qishlogʻi ahli esa bunga qarshi chiqishgan. Ogʻzaki tortishuv davomida tomonlardan biri qurol ishlatgan. Davlat chegara xizmati maʼlumotiga koʻra, qurol fuqarolardan biri tomonidan ishlatilgan boʻlishi mumkin, chunki oʻq ov miltigʻidan uzilgan. Dastavval besh nafar jabrlanganlar haqida xabar berilgan edi, soʻngra ular soni 14 nafargacha yetdi.

Pogranichniki na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasidagi qurolli mojaro oqibatida oʻqituvchi halok boʻldi

Sal vaqt oʻtgach idora qirgʻiz-tojik chegarasidagi ahvol murakkab ekanligini, ammo holat nazoratga olingani toʻgʻrisida axborot bergan.

Tojikiston GNKB chegara qoʻshinlari qirgʻizistonlik hamkasblarini fitna uyushtirganlikda ayblagan. Qirgʻiziston Davlat chegara xizmati Tojikiston vakillarini hissiyotlarga berilmaslikka chaqirgan va yuz bergan hodisani birgalikda oʻrganishga daʼvat qilgan. Ikki davlat bosh vazirlari oʻrinbosarlari yuz bergan hodisa yuzasidan birgalikda tekshiruv oʻtkazishga kelishishgan.

24 iyul kuni 6:00 ga yaqin Oq-Soy qishlogʻi aholisi Isfara - Vorux trassasini mayda toshlar yordamida toʻsib qoʻyishga uringan. Militsiya xodimlari qonunni buzmaslikka chaqirishgan, ammo qishloq aholisi ularni toshboʻron qilishga tushgan - toʻrt nafar huquqni muhofaza qilish xodimlari jabrlangan. Shundan soʻng tutun chiqaruvchi granatalar qoʻllanilgan.

25 iyul kuni Batken — Isfana va Isfara — Vorux trassasi ochilgan. Batkenga evakuatsiya qilingan 700ga yaqin oq-soyliklar oʻz uylariga qaytarilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala