Sankt-Peterburg markazidan 40ta harbiy kema saf tortib o‘tdi – video

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tish Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v prazdnovanii Dnya VMF RF v Sankt-Peterburge
 Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v prazdnovanii Dnya VMF RF v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgda Harbiy dengiz floti kuni munosabati bilan o‘tkazilgan paradda 40ta kema va 4000 nafar dengizchilar ishtirok etdi.

TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Bugun Rossiyada harbiy dengiz floti kuni nishonlanmoqda. Ushbu munosabat bilan Rossiyaning “Shimoliy poytaxti”da harbiy dengiz flotining tantanali paradi bo‘lib o‘tdi, RT xabariga asosan.

Paradda Rossiya prezidenti Vladimir Putin nutq so‘zlab, harbiy xizmatchilarni tabrikladi. Prezident o‘z nutqida Rossiya o‘zining takrorlanmas tarkibdagi dengiz flotini qurishi va ushbu flot dunyoning istalgan nuqtasida mamlakat manfaatlarini himoya qilishga qurbi yetishiga ishonch bildirdi.

Shundan so‘ng 4000 nafar dengizchilar bosh qo‘mondon oldidan tantanali saf tortib o‘tishdi. Harbiy paradning suvda bo‘lib o‘tgan qismida 40 ta harbiy kema va 41ta harbiy havo kemasi ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0