Abituriyentlar testdan juda tez chiqmoqda - bu yilgi savollar shunchalik osonmi?

© X. Paydoyev / Narodnoe slovoStudenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abituriyentlar test zalidan juda tez chiqmoqda, nahotki bu yilgi savollar shunchalik oson tuzilgan?

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Bugun, 29-iyul kuni mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shakliga qabul test imtihonlari boshlandi, deb xabar qilmoqda Xalq so‘zi nashri. 

V Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
DTM test sinovlarini o‘tkazishga tayyor

Ekspomarkazda bo‘lib o‘tayotgan test jarayonlarini kuzatayotgan jurnalistlar e’tiborini qo‘yidagi holatga qaratishgan: imtihon boshlanganiga o‘tar-o‘tmas ko‘pchillik abituriyentlar javoblarni tez-tez belgilab chiqib ketishayotgani bo‘lgan.  Ular bundan taajubga tushib, abituriyentlardan biri bilan suhbat qilishgan.

- Nizomiy nomidagi pedagogika institutining mehnat ta’limi fakultetiga hujjat topshirganman. Imtihon ko‘nglimdagidek o‘tdi. Barcha savollarni yechib chiqapman.  Ko‘pchiligi tanish savollar. O‘tgan yili ham topshirgandim. Lekin omadim kelmagan. To‘g‘ri, javoblarni tavakkal qilib ham belgiladim. Muhimi, bilgan savollarim ham tushdi. Bu yil talabalikdan umidim bor, - deydi yangiyo‘llik Shoira Abdurahmonova.

Xabarda shuningdek, jurnalistlar suratga olishi uchun soat 10:00 dan 10:20gacha vaqt ajratilishi  aytib o‘tilgan, lekin bu vaqtga kelib test zallari bo‘shab qolishi ham mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0