Kaliforniyadagi festivalda otishma sodir bo‘ldi – video

© FotoliaSotrudnik amerikanskoy politsii
Sotrudnik amerikanskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘rta yoshdagi erkak festival ishtirokchilariga qarata o‘q ochgan. Otishma oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi.

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. AQShning Kaliforniya shtatida o‘tkazilayotgan Gilroy Garlic taom festivalida otishma ro‘y berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, o‘rta yoshdagi erkak festival ishtirokchilariga qarata o‘q ochgan.

​Otishma oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘lgani, 60 kishi jabrlangani, ulardan 15 tasi esa yaralangani xabar qilinmoqda.

Kaliforniya politsiyasi xabariga ko‘ra, jinoyatchi yo‘q qilingan. Shuningdek, uning sheriklari bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumot o‘rganilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0