O‘zbekiston kursantlari MDHda uchinchi bo‘ldi

© MVUzbekskie kursanti zanyali 3 mesto
Uzbekskie kursanti zanyali 3 mesto  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDHning 7 mamlakati kursantlari bellashuvida O‘zbekiston kursantlari uchinchi o‘rinni egalladi.

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Qozog‘istonning Olmaota shahrida 24-29 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan MDH do‘stona armiyalarining oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari musobaqadacida O‘zbekiston jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri Mudofaa vazirligiga asosan.

© MVUzbekskie kursanti zanyali 3 mesto
O‘zbekiston kursantlari MDHda uchinchi bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekskie kursanti zanyali 3 mesto

Bellashuvda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va Belarus Respublikalaridan jami 170 nafar kursant ishtirok etdi. Ushbu musobaqa harbiy bilim yurtlari kursantlari orasida birinchi marta o‘tkazilgan xalqaro sport o‘yinlari bo‘lib u Ikkinchi jahon urushining 75-yilligiga bag‘ishlangan.

Ishtirokchilar futbol, harbiylashgan kross, sport oriyentirlashi, qo‘l jangi va pnevmatik miltiqdan nishonga otish bo‘yicha bellashdilar. Musobaqaning yakuniy natijalarga ko‘ra, Rossiya kursantlari – 1 o‘ringa, Qozog‘iston – 2 o‘ringa va O‘zbekiston – 3 o‘ringa sazavor bo‘ldi.

Alohida musobaqalar bo‘yicha natija quyidagicha bo‘ldi:

Futbol: 1 – Rossiya, 2 – Qozog‘iston, 3 – O‘zbekiston;

Harbiylashgan kross: 1 – Qozog‘iston, 2 – O‘zbekiston, 3 – Qirg‘iziston;

Qo‘l jangi:  1 – Rossiya, 2 – O‘zbekiston, 3 – Qozog‘iston;

Miltiqdan nishonga otish: 1 – Qozog‘iston, 2 – Rossiya, 3 – Belarus, 4 - O‘zbekiston;

Sport oriyentirlashi: 1 – Rossiya, 2 – Qozog‘iston, 3 – Belarus, 4 – O‘zbekiston;

© MVUzbekskie kursanti zanyali 3 mesto
O‘zbekiston kursantlari MDHda uchinchi bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekskie kursanti zanyali 3 mesto
Yangiliklar lentasi
0