O‘zbekiston jamoasi “Tank biatloni”da ishtirok etish uchun yetib keldi

© MVTankisti Uzbekistana gotovatsya k "Tankovomu biatlonu"
Tankisti Uzbekistana gotovatsya k Tankovomu biatlonu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda o‘zbekistonlik tankchilar Moskva viloyatida joylashgan “Alabino” harbiy  poligonida “Tank biatloni” musobaqasiga tayyorlanmoqda.

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. O‘zbekiston jamoasi “ArMI-2019” Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish  uchun Rossiya Federatsiyasining belgilangan manzilga yetib bordi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.

“Ayni damda hamurtlarimiz Moskva viloyatidagi “Alabino” dala-o‘quv maydonida “Tank biatloni” va “Dala oshxonasi” musobaqasiga so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib borishmoqda” – deyilgan xabarda.  

Harbiylarimiz musobaqa o‘tkaziladigan o‘quv joylari bilan yaqindan tanishib, shartlar buyicha puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Har bir davlatning dala-o‘quv maydoni bir-biridan ma’lum ma’noda farq qilishi tabiiy. Shu bois mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan harbiy xizmatchilar dala-o‘quv maydonining musobaqa bo‘lib o‘tadigan har bir nuqtasini sinchiklab o‘rganib chiqmoqda.

Sorevnovaniya po tankovomu biatlonu sredi voysk Ministerstva oboroni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ilk bor xalqaro Tank biatlonida ishtirok etadi

“Tank biatloni” musobaqasida ilk bor ishtirok etayotgan hamurtlarimiz 13 ta jamoa bilan kuch sinashadi. Maxsus muxbirlarimizning xabar berishicha, bugun “Tank biatloni” musobakasiga qu’ra tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Jamoamizning yashash shart-sharoitlari, “ArMI – 2019” musobaqasiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni Mudofaa vazirligining mas’ul ofitserlari tomonidan uzluksiz nazorat qilib borilmoqda. Ularga nufuzli musobaqa oldidan so‘nggi ko‘rsatmalar berilyapti.

Eslatib o‘tamiz, "Tank biatloni" – ekipajlar orasida tankni boshqarish va unga o‘rnatilgan asosiy hamda zaxira qurollaridan mo‘ljalga aniq otish bo‘yicha amaliy musobaqa hisoblanadi. U Xalqaro armiya o‘yinlari (ArMI) dasturiga kiritilgan bo‘lib, eng nufuzli musobaqa hisoblanadi.

“Tank biatloni” xalqaro musobaqalari 2013-yildan Rossiya Federatsiyasida muntazam o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida ushbu musobaqada Rossiyalik tankchilar doimi 1 o‘rinni egallab kelishgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Xitoy va Qozog‘istonlik tankchilar, Armaniston va Belarus tankchilari 4-5 o‘rinlarni egallab kelishgan.

O‘tgan yil bo‘lib o‘tgan “Tank biatloni”da O‘zbekiston ishtirok etimagan bo‘lsada, o‘zbekistonlik kuzatuvchilar kelib vaziyatni o‘rganib, musobaqalarni batafsil kuzatishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0