Buyuk shpionaj ustasi Baronin hayotdan ko‘z yumdi

© Foto : Slujba vneshney razvedki UkrainiUmer sovetskiy razvedchik Anatoliy Baronin
Umer sovetskiy razvedchik Anatoliy Baronin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Baronin uch marta tashqi razvedka rezidenti sifatida xorijda bo‘lgan

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Sovet razvedkasi faxriysi Anatoliy Baronin 86 yoshida vafot etdi, deb yozadi RIA Novosti.

Baronin uch marta tashqi razvedka rezidenti sifatida xorijda bo‘lgan.

Aynan u 1970-yillarda Ebola bezgagi haqida ma’lumotni topa bilgan: o‘shanda ebola yuqtirilgan qon solingan probirkalar "Aeroflot" maxsus reysi bilan SSSRga yuborilgan. Germaniyaning Stern jurnali ofitserni "buyuk shpionaj ustasi", deya nomlagan.

Shundan so‘ng Baronin Moskvadagi Markaziy apparatda ishlagan. Saksoninchi yillar oxiridan Ukraina razvedkasi boshlig‘i hrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

1991 yildan zaxiradagi polkovnik hisoblangan.

Yangiliklar lentasi
0