Isliqi er bilan turmushini ko‘rsatgan ayol Instagram yulduziga aylandi

© Foto : Peter GriffinOjidanie reysa na samolet
Ojidanie reysa na samolet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Isqirt erining qanday yashashini ko‘rsatgan Instagram dagi kuzatuvchilari soni 270 ming nafarga yetdi. Oila bekasi u qayerdanligini oshkor etmayapti, shuningdek, turmush o‘rtog‘ining ham yuzini ommaga ko‘rsatgani yo‘q

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Turmush o‘rtog‘ining tartibsiz hayot tarzini ommaga namoyish etgan yosh ayol Instagram yulduziga aylandi, deb xabar qilmoqda SoraNews24.

Gap shundaki, ayol isqirt eri bilan janjallashishga vaqt yo‘qotishni istamadi, buning o‘rniga uning hayot tarzi aks etgan fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqqa joylab bormoqda. Xususan, Instagrammdagi suratlarda xonalar bo‘ylab yoyib tashlangan paypoqlar, yuvilmagan idish-tovoq, taroq aks etganini ko‘rish mumkin.

Ayolning postlarida jahl umuman sezilmaydi, u shunchaki suratlar tagida hazilomuz va pozitiv izohlarni qoldirib bormoqda. Uning gaplarida turmush o‘rtog‘iga va jajji qizalog‘iga muhabbat sezilib turadi.

Oilaning hayot tarzini kuzatib boruvchilar soni ayni vaqtda 270 mingga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0