Minskda Alisher Navoiy haykali ochildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovInstitut uzbekskogo yazika i literaturi im Alishera Navoi
Institut uzbekskogo yazika i literaturi im Alishera Navoi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sodiq Safoyev buyuk ajdodga ko‘rsatilgan hurmat va e’tibor uchun o‘zbek xalqi nomidan Belarus prezidenti, meriyasi va Minsk jamoatchiligiga minnatdorlik bildirdi

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Belarus va O‘zbekiston mintaqalari birinchi forumi vaqtida Minskda buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy haykali ochildi, deb xabar qilmoqda BELTA.

Goroda mira. Minsk - Sputnik O‘zbekiston
Minsk Toshkentning birodarlashgan shaharlari safiga qo‘shilmoqchi

Bust Kirov-Sverdlov-Ulyanovsk ko‘chalari chegarasida joylashgan Sverdlov ko‘chasidagi skverda o‘rnatilgan. Yodgorlik eskiz loyiha asosida yosh haykaltarosh Maksim Makarevich tomonidan yaratilgan.

Tadbirda Belarus Milliy yig‘ini Respublika kengashi raisining o‘rinbosari Marianna Shetkina, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksandr Krepaklar ishtirok etgan.

Sodiq Safoyev so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek xalqining buyuk o‘g‘loniga birodar Belarus respublikasi poytaxtida o‘rnatilgan haykal ochilish marosimida qatnashish katta sharaf. Sodiq Safoyev buyuk ajdodga va o‘zbek xalqi madaniyatiga ko‘rsatilgan hurmat va e’tibor uchun o‘zbek xalqi nomidan Belarus prezidenti, meriyasi va Minsk jamoatchiligiga minnatdorlik bildirdi.

Mirziyoyev 31-iyul kuni Belarusga tashrif buyuradi >>>

"Alisher Navoiy har bir o‘zbek yuragida alohida o‘rin egallagan. Uning ijodi xalqimiz madaniyatida o‘chmas iz qoldirgan. U insonga xos eng olijanob hislatlarni, o‘z vataniga va xalqiga, o‘z ona tiliga bo‘lgan muhabbatni buyuk shoirga xos mukammallik bilan madh etgan. Alisher Navoiy o‘zbek tilining so‘z bilan ifodalab bo‘lmas obrazli dunyosi jilosini kashf qilgan buyuk ajdodimizdir. U ulug‘ ma’rifatparvar, o‘z davrining yetuk davlat arbobi bo‘lgan, olimlar va faylasuflarni, rassomlarni qo‘llab-quvvatlagan va o‘z cho‘ntagidan 380ta jamoatchilik inshootlarini va mahobatli binolarni qurdirgan. U qoldirgan meros jahon madaniyatining uzviy bir bo‘lagidir", - deb aytgan Safoyev.

Eslatib o‘tamiz, Belarus va O‘zbekiston mintaqalari birinchi forumi dushanba kuni Minskda ochilgan edi.

Minsk va Toshkent forum davomida 15ga yaqin bitim va shartnomalarni imzolashi taxmin qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0