O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida asosiy hamkorlik yo‘nalishlari - ekspert

© Sputnik / Viktor TolochkoEkspert rasskazal, chem interesen Uzbekistan dlya Belarusi
Ekspert rasskazal, chem interesen Uzbekistan dlya Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sanoat, yoqilg‘i-energetika kompleksi, transport va aloqa doimiy komissiyasining vakili Andrey Ribak O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida asosiy hamkorlik yo‘nalishlarini Sputnik Belarusga ma’lum qildi.

Minskda 29-30 iyul kunlari birinchi Belarus va O‘zbekiston mintaqalararo forum o‘tkazilmoqda. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari - tibbiyot, yengil sanoat va xom ashyo resurslari.

Davlatlar o‘rtasida traktorlar ishlab chiqarish sohasida kelishuvga erishilgan, shuningdek “BelAz” va “Maz” korxonalar o‘zaro hamkorlik qilmoqda.

Ekspert fikriga ko‘ra, O‘zbekiston yaxshi xom ashyo resurslariga ega, shu jumladan paxta, bu Belarus yengil sanoati uchun juda qiziq.

Mutaxassisning to‘liq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Andrey Ribak rasskazal ob osnovnix napravleniyax sotrudnichestva

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 2019-yil 31-iyul – 1-avgust kunlari rasmiy tashrif bilan Belarusga keladi.

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Belarus muloqotining davomi sifatida Minsk shahrida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti imzolanishi hamda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni, jumladan, investitsiyalar, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0