“Tez yordam” chaqirish madaniyati – bu nima?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil skoroy pomoshi
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Tez yordam” kechikishi sabablaridan biri - jamiyatda ushbu xizmatdan foydalanish madaniyati yetishmasligi deb hisoblaydi SSV.

TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. “Tez yordam” chaqirishning ham o‘z mavridi va madaniyati bor, deb yozadi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tez tibbiy yordam xizmati koordinatori Obidjon Dilmurodov.

Skoraya pomosh, Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
"Tez yordam" uchun “propiska” kerak emas – Sog‘liqni saqlash vazirligi

Tez tibbiy yordam xizmatining inson hayoti va salomatligini asrashdagi o‘rni nihoyatda muhim. Ushbu xizmatni tez va sifatli ko‘rsatish uchun faqatgina zamonaviy mashinalar va shifokorlar bo‘lishi yetarli emas. Bunig uchun jamiyatda “Tez yordam” xizmatiga nisbatan to‘g‘ri madaniyati ham shakllangan bo‘lishi kerak, deydi mutaxassis.

Bugungi kunda O‘zbekiston “Tez yordam” xizmati zamonaviy mashinalar bilan ham malakali shifokorlar bilan ham ta’minlangan, lekin ushbu xizmatdan foydalanish madaniyati tushunchasi, afsuski, jamiyatda juda sust. 

Xo‘sh, “Tez yordam”  madaniyati nimalardan iborat?

1. "Tez yordam"ni asosli chaqirish

"Tez yordam" chaqirishda o‘ta shoshilinch holatlar quyidagilar hisoblanadi: be’morning hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf soladigan jarohatlar va kasalliklar, YTH oqibatlari, favqulodda holatlar, hushdan ketish, shok holatlari, profuz qon ketishi, tug‘ruq, teri kuyishi yoki sovuq urishi, kimoviy modda yoki doridan o‘tkir zaharlanish, tok urishi. Bunday chaqiriqlarga 20 daqiqadan kechikmay yetib borish zarur.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Jahon banki O‘zbekistonga 60ga yaqin zamonaviy tez yordam mashinalari olib beradi

Shoshilinch bo‘lmagan, biroq tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan holatlar ham bor - yurak ritmi buzilishi (aritmiya), astma xuruji, harakat faoliyatining to‘satdan buzilishi, o‘rta va yengil tan jarohatlari, allergiya, bosh og‘rig‘i, qorin, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar, psixikaning o‘tkir buzilishi, buyrak xuruji, qusish, toshma, yuqori isitma, o‘tkir peshob ajralmasligi holatlari bo‘yi­­cha «tez yordam» chaqirilganda - 30 daqiqa ichida yetib borib tibbiy yordam ko‘rsatish lozim.

Afsuski, bugungi kunda “tez yordam” ga tushayotgan chaqiriqlarning 30-40 % bu - asossiz chaqiriqlardir.

“Aksariyat holatlarda u yoki bu surunkali kasalligi bor bemorlar goh qon bosimini o‘lchatish, gohida qaysidir ukolni qildirish uchun ham «tez yordam»ni chaqiraveradi. Yiliga ming marotabadan ko‘p murojaat qilgan shunday bemorlar ham bor”, - deydi  Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokor o‘rinbosari Ilhom Aslonov.

Aslida, ular oilaviy polik­linikasi yoki qishloq vrachlik punktiga murojaat etib, umumiy amaliyot shifokori tavsiya­­si asosida muolajalarni uzluksiz tarzda to‘g‘ri olib borsa, avvalo, o‘z sog‘lig‘i uchun foydali bo‘lardi, deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.

2. Shifokorga aniq ma’lumot berish

Xorijliklar «tez yordam»ga murojaat qilar ekan, operatorning bemorning ahvoli bo‘yicha so‘ragan har bir savoliga aniq-tiniq javob berishga harakat qiladi. Masalan, bemorning hayotiy ko‘rsatkichlari – tana harorati, qon bosimi, tomir urishi va boshqa ma’lumotlarni berishga harakat qiladi.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "tez yordam" shifokorlarini do‘pposlagan shaxs qo‘lga olindi

Bizda-chi? Operator bemorning yaqinidan bemorning ahvoli haqida so‘rasa, «men qayerdan bilaman, tezroq yetib kel», deya dag‘dag‘a qilishdan qaytmaydiganlar ham bor. Ba’zilar esa “tez yordam”ni tashvishga qo‘yganidan iymanibgina “bemorimizning biroz toblari qochdi”, deya murojaat qiladi, aslida, vaziyat ancha jiddiy bo‘ladi.

3. "Tez yordam" uchun yo‘llarni ochib qo‘yish 

Shuningdek, “Tez yordam” mashinalariga yo‘l bermaslik yoki ko‘chalar, xonadonlarga kirish yo‘llarining to‘sib qo‘yilgani ham ushbu xizmat kechikib kelishi va ayanchi oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotibdi. Shu bois, «tez yordam» hamisha xizmatingizga hozir. Faqat bu xizmatdan foydalanar ekanmiz, davlatimiz bu borada yaratib berayotgan imkoniyatlarga javoban mas’uliyatli, e’tiborli bo‘lsak yaxshi bo‘lardi, deb so‘zini yakunlaydi mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0