TOSHKENT, 31 iyul – Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Tataristondagi terror hujumining oldini oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Mazkur operatsiya IIV bilan birgalikda oʻtkazildi. ISHID terrorchilik tashkilotining ikki nafar aʼzosi qoʻlga olindi. Ular odamlarni terrorchilik tuzilmalariga yollash va terrorizmni targʻib qilishda gumonlanmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, qoʻlga olinganlar - Rossiya fuqarolari. Biroq tergov siri sababli ularning ismlari oshkor qilinmagan.
Tintuv vaqtida portlovchi moddalar va qoʻlbola portlovchi moslamalarning tarkibiy qismlarini musodara qilingan.
Kuni kecha Rossiya bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Buksman 2019 yilning birinchi yarmida mamlakat hududida 17 ta terror hujumining oldi olinganini maʼlum qilgan edi.