Jamiyat

Oʻzbekiston odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi qanday kurashadi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Farmon bilan Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi etib qayta tashkil qilindi va uning tarkibi tasdiqlandi.

TOSHKENT, 31 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Pustoy klass - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda oʻqituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabar oʻrganib chiqiladi

Farmon bilan Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi etib qayta tashkil qilindi va uning tarkibi tasdiqlandi.

Milliy komissiya Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha hamda Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiyalardan iborat.

Kichik komissiyalarga tegishliligi boʻyicha Milliy komissiya raisi oʻrinbosarlari hisoblangan ichki ishlar vaziri va bandlik va mehnat munosabatlari vaziri rahbarlik qiladi.

Davlat organlari va hududiy organlarning, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va NNTlarning odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish Milliy komissiyaning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Xashar v Rishtane  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mehnat vazirligi Rishtonda oʻtkazilgan hasharga munosabat bildirdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha hududiy komissiyalarga rahbarlik qiladi.

Farmon bilan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy maʼruzachi instituti taʼsis etildi.

Milliy maʼruzachi odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi vaziyat haqida prezidentga har yili axborot taqdim etadi.

Yangiliklar lentasi
0