Ishsiz va yolg‘iz: Toshkentda jinoyatga moyil ayollar toifasi tuzildi

Obuna bo‘lish
Qo‘shma qaror Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlandi.

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Toshkent shahar IIB hamda Toshkent shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligidagi jinoyatga moyil ayollarning 23 ta toifasi tuzildi.

Qo‘shma qaror Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlandi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilbar Najmutdinova10 ta tumanda yig‘ilishlar o‘tkazgan..

O‘tkazilgan yig‘ilishlarda 508 ta mahallalarning xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar, mahalla raislari, tumandagi mas’ul tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan yig‘ilishlarga ko‘ra, tuman hokimliklari huzurida “Tezkor shtab” hamda tuman IIB sohaviy xizmat xodimlari va Xotin-qizlar qo‘mitasining jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlovchi mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhlar faoliyati tashkil etiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, har bir mahallada mahalla mutaxassisi va profilaktika nozirlari tomonidan hududda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarni 23 ta toifa bo‘yicha kartotekalarni shakllantirish va shu kabi vazifalar belgilab olindi.

Qo‘mita quyidagi 23 ta toifani ishlab chiqdi:

1. Muqaddam sudlanganlar
2. Jinoyat sodir etganlar
3. Probatsiya hisobidagilar
4. Giyohvandlar
5. Spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar
6. Tajovuzkor ruhiy kasallar
7. Jinoyat sodir etishga moyillar
8. Uzoq muddatga chiqib ketganlar
9. Uzoq muddatdan qaytganlar
10. Ma’naviy ko‘makka muhtojlar
11. Farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchilar
12. Odob-axloq doirasida huquqbuzarlik sodir etganlar
13. Oila munosabatlari doirasida huquqbuzarlik sodir etganlar
14. IIB va ta’lim muassasalari hisobidagi qizlar
15. Suitsid sodir etgan xotin-qizlar
16. Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar
17. Ishsiz xotin-qizlar
18. Kam ta’minlanganlar
19. Toshkent shahrida vaqtincha istiqomat qiluvchi xotin-qizlar
20. Ro‘yxatsiz yashayotgan xotin-qizlar
21. Tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar.
22. Voyaga yetmagan qizlar (18 yoshgacha) va yosh qizlar (18-30 yoshlar)
23. Nogiron, ajrashgan, bolasini yolg‘iz katta qilayotgan, boquvchisini yo‘qotgan ayollar.

Yangiliklar lentasi
0