"Muzzday 2019": Toshkent muzqaymoq festivaliga chorlamoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaLyudi s semyami segodnya speshili na festival, chtobi poprobovat novie vkusi morojenogo
Lyudi s semyami segodnya speshili na festival, chtobi poprobovat novie vkusi morojenogo  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muzqaymoqlar qo‘yilgan xudud "Zarafshon" restoranidan G‘aznachilik binosigacha joylashgan bo‘lib, unda o‘nlab muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar 300 turdagi mahsulotlarini namoyish etishadi.

TOShKENT, 2 avg - Sputnik. O‘zbekistonda ilk marta muzqaymoq, ichimlik va shirinliklar festivali o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi Toshkent hokimligi axborot xizmati.

Morojenoe - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi sayilgohda bepul muzqaymoq tarqatilmoqda

Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkillashtirilgan festival 3 kun davomida (2, 3,4-avgust kunlari) kechki vaqtlarda o‘tkaziladi.

Tadbir o‘tkaziladigan hududlar: Zarafshon, Buxoro, Matbuotchilar va Sayilgoh ko‘chalarida transport harakati to‘xtatiladi va bu yer sayr qilish va dam olish uchun katta zonaga aylanadi.

Tashrif buyuruvchilarga qulay bo‘lishi uchun Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi ro‘parasida, Matbuotchilar va Buxoro ko‘chalarida avtoturargohlar tashkil etilgan.

Muzqaymoqlar qo‘yilgan xudud "Zarafshon" restoranidan G‘aznachilik binosigacha joylashgan bo‘lib, unda o‘nlab muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar 300 turdagi mahsulotlarini namoyish etishadi.

Har bir xududda tashrif buyuruvchilar tanlov, aksiya, sovrinli o‘yinlar va to‘xtovsiz o‘tkaziladigan musiqiy chiqishlarning guvohi bo‘ladilar.

Eng faol yoshlar uchun Disko hududi yaratildi. Navbatma-navbat estrada yulduzlari: Tohir Sodiqov, Shahzoda, Rayhon, Nilufar Usmonova, Zohida, Shoxruhxon, Jasur Umirovlar chiqish qilishadi.

Yosh tashrif buyuruvchilarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Brodveydagi favvora yonida joylashgan maxsus o‘yin maydonchasida shirinliklardan tashqari, bolalarni animatorlar, spektakllar, tanlovlar va qiziqarli o‘yin-kulgular kutmoqda.

Shuningdek, Flash Mob sport o‘yinlari, fotosuratga tushish xonalari va interfaol tadbirlar, qiziqarli musobaqalar ham o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0