Siyosat

Mirziyoyev Lukashenkoni Oʻzbekistonga taklif etdi

© Press-slujba prezidenta BelarusiAleksandr Lukashenko i Shavkat Mirziyoyev na fone reznoy besedki v rezidentsii "Zaslavl"
Aleksandr Lukashenko i Shavkat Mirziyoyev na fone reznoy besedki v rezidentsii Zaslavl - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

TOSHKENT, 3 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkoni kecha boʻlib oʻtgan telefon muloqoti davomida Oʻzbekistonga taklif etdi, deb xabar berdi mamlakat prezidenti rasmiy saytida.

Vizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v respubliku Belarus - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Lukashenko: “Birgalikda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatni butunlay oʻzgartirib yubordik”

Mirziyoyev suhbat davomida Belarusga ilk rasmiy tashrifi davomida koʻrsatilgan iliq mehmondoʻstlik uchun samimiy minnatdorlik bildirgan. Shuningdek, ikki davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Belarus sammiti koʻp qirrali ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarib, ularni aniq amaliy mazmun bilan boyitganini katta mamnuniyat bilan qayd etganlar.

Muloqotda erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan hujjatlarni "yoʻl xaritasi" asosida amalga oshirishga qaratilgan birinchi galdagi chora-tadbirlar muhokama qilingan.

Xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va innovatsion sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, Belarus korxonalarining ilgʻor texnologiyalari va bilimlari asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qoʻshma loyihalar va kooperatsiya dasturlarini ilgari surish xususida soʻz borgan.

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlikni yanada rivojlantirish va doʻstlik munosabatlarini mustahkamlash borasida intilishlari qatʼiy ekanini taʼkidlaganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala