Siyosat

Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishZamestitel ministra oboronы RF Timur Ivanov vo vremya press-konferentsii, posvyaщennoy sozdaniyu jenskogo professionalnogo gandbolnogo kluba (PGK) TSSKA, v Moskve
Zamestitel ministra oboronы RF Timur Ivanov vo vremya press-konferentsii, posvyaщennoy sozdaniyu jenskogo professionalnogo gandbolnogo kluba (PGK) TSSKA, v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Timur Ivanov tashrif davomida Rossiya terma jamoasi aʼzolari bilan uchrashadi, sportchilarning joylashish sharoitlari va Forish togʻ poligoni infrastrukturasi bilan tanishadi.

TOSHKENT, 4 avg - Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari Timur Ivanov V xalqaro armiya oʻyinlari doirasida “Harbiy-tibbiy estafeta” koʻpkurashida ishtirok etayotgan Rossiya qurolli kuchlari terma jamoasini qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Oʻzbekistonda ilk bor ArMI-2019  armiya oʻyinlari oʻtkaziladi - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Endi Oʻzbekistonda: Armiya oʻyinlari-2019

Xabarda qayd etilishicha, Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari tashrif davomida Rossiya terma jamoasi aʼzolari bilan uchrashadi, sportchilarning joylashish sharoitlari va Forish togʻ poligoni infrastrukturasi bilan tanishadi.

Kuni kecha “Harbiy-tibbiy estafeta”ga qurʼa tashlandi. Qurʼa tashlash marosimini Oʻzbekiston mudofaa vazirining oʻrinbosari general-mayor Azizbek Ikramov ochib berdi.

Shaffof va oshkor ravishda oʻtkazilgan qurʼa natijalariga koʻra, “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida jamoalarning ishtirok etish ketma-ketligi aniqlandi. Bular:1 — Angola; 2 — Armaniston; 3 — Rossiya; 4 — Zimbabve; 5 — Vyetnam; 6 — Tojikiston; 7 — Myanma; 8 — Belarus; 9 — Qozogʻiston; 10 — Oʻzbekiston; 11 — Ozarbayjon.

“Harbiy-tibbiy estafeta” ilk bor xorijda, Oʻzbekistonning Forish oʻquv bazasida oʻtkazilmoqda.

4 avgust kuni start oladigan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida Angola, Ozarbayjon, Belarus, Vyetnam, Rossiya, Armaniston, Zimbabve, Qozogʻiston, Myanma, Tojikiston va Venesuela (kuzatuvchi maqomida) kabi davlatlar gʻoliblik uchun oʻzaro kurashadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala