Video

Darvozabon mushuk oʻzining mahorati bilan barchani lol qoldirdi

Ushbu mushukning toʻpni qaytarish mahoratiga “Real” klubining darvozaboni Kurtua Tibo ham tahsin oʻqigan boʻlsa neajab.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari darvozabon mushukning mahoratiga qoyil qolishdi. Mushuk darvozaga yoʻllangan toʻpni epchillik va abjirlik bilan qaytarish mahorati bilan barchani oʻziga rom ayladi.

Mushuk egasi turli “seyv”lar aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi va uning mushugi haqiqiy qahramonga aylandi. Ayrimlar futbol ishqibozlari hazil tariqasida dunyodagi manaman degan darvozabonlar uning oldida ip esholmasligini aytishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala