TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanida Mazda 3 avtomobilini oʻgʻirlashga aloqadorligi boʻlishi mumkin boʻlgan shaxslarni qidirmoqda.
IIBB xabariga koʻra, 3 avgust kunidan 4 avgustga oʻtar tunda soat 3.05 da Mazda 3 rusumli oq rangli avtomobil (tugmali oʻt-oldirgichli) oʻgʻirlanganligi haqidagi xabar kelib tushgan.
Maʼlum qilinishicha, mashina shaharning boshqa chetida topilib, egasiga qaytarib berilgan.
Avtomobil oʻgʻirlangan hududda oʻrnatilgan kuzatuv kameralari oʻgʻirlikka aloqadorligi boʻlishi mumkin boʻlgan shaxslarning yuzlarini tasvirga olgan.

“Shaxslarni yuzlaridan taniganlar 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 99-889-78-58 raqamlari orqali xabar berishlarini soʻraymiz”, - deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda Captiva avtomashinasida chiqib ketgan yigit qidirilayotgani xabar qilingan edi.