O‘zbekistonda “Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro musobaqasiga start berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTorjestvennoe otkritie konkursa "Voyenno-meditsinskaya estafeta" na poligone "Forish"
Torjestvennoe otkritie konkursa Voyenno-meditsinskaya estafeta na poligone Forish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ochilish marosimida Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari Timur Ivanov so‘zga chiqib, Rossiya mudofaa vaziri armiya-generali Sergey Shoyguning tabrigini o‘qib eshittirdi.

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. Kecha, 4-avgust kuni “Forish” tog‘ poligonida V Xalqaro armiya o‘yinlari doirasi O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilayogan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev hamda uning o‘rinbosarlari, okrug qo‘mondonlari, Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov, turli davlatlardan kelgan harbiy attashelar, OAV vakillari hamda estrada yulduzlari ishtirok etdi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKomanda Rossii na konkurse "Voyenno-meditsinskaya estafeta" v Uzbekistane
O‘zbekistonda “Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro musobaqasiga start berildi - Sputnik O‘zbekiston
Komanda Rossii na konkurse "Voyenno-meditsinskaya estafeta" v Uzbekistane

“Avvalambor aziz mehmonlarimiz, harbiy-tibbiy estafetasi qatnashchilarini bizning mehmondo‘st diyorimiz va serquyosh yurtimiz — O‘zbekistonda samimiy qutlamoqchiman. Bugun biz o‘z mahoratini, harbiy xizmatga zarur bo‘lgan eng oliy sifatlarini: malaka, qat’iy xarakter, professionallik va intizom, uyg‘unlikda va aniq harakatlana olish hamda haqiqiy janogovar vaziyatda nafaqat muvaffaqiyat, balki birinchi navbatda insonlarning hayoti va sog‘ligini belgilovchi tezda qaror qabul qilish qobiliyatini namoyon etadigan harbiy-tibbiyot professionallari bellashuviga start bermoqdamiz”, - dedi Bahodir Qurbonov.

Shundan so‘ng, Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari Timur Ivanov so‘zga chiqib, Rossiya mudofaa vaziri armiya-generali Sergey Shoyguning tabrigini o‘qib eshittirdi.

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Dastlab Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan harbiy qo‘shiqlardan iborat defile tantanali marosimni ochib berdi. Ko‘rgazmali chiqishlar va konsert dasturlari marosimga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Salyut v den otkritiya konkursa "Voyenno-meditsinskaya estafeta" v Uzbekistane
O‘zbekistonda “Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro musobaqasiga start berildi - Sputnik O‘zbekiston
Salyut v den otkritiya konkursa "Voyenno-meditsinskaya estafeta" v Uzbekistane

“ArMI – 2019” o‘yinlari jami 31 ta tanlovdan iborat bo‘lib, ulardan 16 tasi Rossiyada, to‘rttasi Xitoyda, uchtasi Qozog‘istonda, Belarus va Eronda ikkitadan hamda Armaniston, Ozarbayjon, Hindiston, Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonda bittadan tanlovlar o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0