Britaniyaning Guardian nashri Sputnik᾽dan uzr so‘radi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMikrofon v studii radio Sputnik
Mikrofon v studii radio Sputnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniyaning Guardian gazetasi Sputnik᾽ni yolg‘on xabar tarqatishda nohaq ayblagani uchun kechirim so‘radi.

TOShKENT, 6 avg - Sputnik. Britaniyaning Guardian gazetasi Sputnik᾽ni yolg‘on xabar tarqatishda nohaq ayblagani uchun kechirim so‘radi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Joriy yilning aprel oyida Parijdagi Notr-Dam ibodatxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Sputnik France muxbiri olov ichida qolgan Notr-Damni suratga olgan. Suratda tashqi ko‘rinishi Sharq millatiga mansub bo‘lgan ikki yosh yigitning tasma ostidan kulib o‘tayotgani aks etgan.

© SputnikLyudi u sobora Parijskoy Bogomateri, gde sluchilsya pojar
Britaniyaning Guardian nashri Sputnik᾽dan uzr so‘radi - Sputnik O‘zbekiston
Lyudi u sobora Parijskoy Bogomateri, gde sluchilsya pojar

Tahririyat suratga hech izoh bildirmagan. Ushbu surat ijtimoiy tarmoqda keng tarqaldi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari unga go‘yoki musulmonlar fojiani nishonlayotishgani dalili sifatida munosabat bildirishdi. Qolaversa, ayrim G‘arb OAVlari Sputnik᾽ni jamiyatning musulmonlarga bo‘lgan munosabatiga ta’sir ko‘rsatishga urinishda aylashdi.

19 aprel kuni Guardian nashri ushbu suratni o‘zining Instagram᾽dagi sahifasida Fake or for Real to‘plamiga joylashtirdi. Gazeta suratni amerikalik ekspertlarning fikriga tayanib, yolg‘on xabar deb ataluvchi toifaga kiritdi.

Sputnik o‘z navbatida ushbu surat asl ekanligini isbotladi va tegishli dalillarni taqdim etdi. Biroq Guardian oradan to‘rt oy o‘tgandan so‘ng o‘zining nohaqligini tan oldi.

“Aniqlik biz uchun muhim, shuning uchun agar siz Fake or for real loyihamizning muxlisi bo‘lsangiz, quyidagilarni o‘qishingizni iltimos qilamiz:  Fake or for real᾽ning 19-apreldagi sonida biz Notr-Damda sodir bo‘lgan yong‘in vaqtida olingan va keng tarqalgan surat tahrir qilingan deb taxmin qilgan edik.  Biz bilan suratning huquq egasi bog‘landi va biz surat tahrir qilinmaganini tan olamiz. Bu uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi Guardian yozgan postida.

Yangiliklar lentasi
0