Iqtisod

Toʻraqoʻrgʻon IESda birinchi gaz trubinasi ishga tushdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTurakurganskaya TES
Turakurganskaya TES - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Endilikda Fargʻona vodiysining Namangan, Andijon va Fargʻona viloyatlarida elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj toʻliq qoplanadi.

TOSHKENT, 6 avg – Sputnik. Namangan viloyatidagi Toʻraqoʻrgʻon IESda birinchi gaz trubinasi ishga tushirildi. Bu haqda Oʻzbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda IES sinov rejimida faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, noyabr oyidan toʻliq ishga tushiriladi.

Turakurganskaya TES - Sputnik Oʻzbekiston
Toʻraqoʻrgʻon IES sanoqli kunlarda ishga tushadi

Birinchi qurilmani 2019 yilning sentyabr oyida, ikkinchisini noyabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgandi. Yangi avlodga mansub energobloklar anʼanaviy issiqlik elektr stantsiyalari sarflaydigan yonilgʻiga birligiga nisbatan ikki barobar koʻp elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, bugʻ-gaz qurilmalarida KPD taxminan 59 % tashkil etib, bu anʼanaviy bugʻ generatorli stantsiyalar koʻrsatkichlaridan ancha yuqori boʻlishi bilan birga, energobloklarning ish jarayonida atmosferaga chiqadigan zararli gazlar miqdori qariyb ikki baravarga kamayadi.

Toʻraqoʻrgʻon IES ishga tushirilishi natijasida bir yilda 900 Mvt qoʻshimcha qoʻshimcha quvvat yoki 7 mlrd KvT soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi va Fargʻona vodiysining Namangan, Andijon va Fargʻona viloyatlarida elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj toʻliq qoplanadi.

Yangiliklar lentasi
0