O‘zbekistonda mashhur Rogachov “sgushonka”si ishlab chiqariladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSgushenka "Rogachevskaya"
Sgushenka Rogachevskaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarusning Rogachov sut-konversa kombinati mahsulotlari, xususan, quyultirilgan sut, quruq sut va qaymog‘i olinmagan suti Sobiq ittifoq mamlakatlarida mashhur.

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Farg‘onada Belarusning mashhur quyultirilgan sutini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Aleksandr Solovyov ma’lum qildi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.

Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov  - Sputnik O‘zbekiston
Belarus va O‘zbekiston SSPlari Ishbilarmonlar kengashini tashkil etadi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusning Rogachov sut-konversa kombinati mahsulotlari, xususan, quyultirilgan sut (sgushonka), quruq sut va qaymog‘i olinmagan suti Sobiq ittifoq mamlakatlarida mashhur.

“Hamkorlikning asosiy mavzularidan biri sutni qayta ishlash va go‘sht sanoati sohasida qo‘shma korxona tashkil etish”, - dedi Aleksandr Solovyov .

O‘zbekistonda sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun yangi fermalar barpo qilish va sut sog‘ib olish hajmini ko‘paytirish kerakligini qayd etdi. Shuningdek, bu ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish rejalashtirilayotganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona shahrida xalqaro investitsiya forumi ish boshladi. Forumda Janubiy Koreya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Eron, Turkiya, Belarus kabi 28 ta davlatning yirik investorlari ishtirok etmoqda. Forum davomida O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb kilish bo‘yicha kelishuvlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0