London Kremlning Skripal ishiga aloqadorligiga oid hech qanday dalil yo‘qligini tan oldi

© AP Photo / Matt DunhamBritanskie politseyskie vedut rassledovanie na meste otravleniya Sergeya i Yulii Skripaley, Solsberi, 13-marta 2018 goda
Britanskie politseyskie vedut rassledovanie na meste otravleniya Sergeya i Yulii Skripaley, Solsberi, 13-marta 2018 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilning to‘rtinchi mart sanasida Britaniyaning Solsberi shahrida GRU sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi.

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Britaniya politsiyasi Solsberida sodir bo‘lgan hodisaga Rossiya hukumatining  aloqasi borligi haqida hech qanday dalilga ega emasligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti The Guardian nashriga tayanib xabar qilmoqda.

“Biz politsiya xodimlarimiz, shuning uchun dalillar bilan ishlashimiz darkor. Bo‘lib o‘tgan voqea uchun javobgarlik kimning zimmasida ekani, kim farmon bergani to‘g‘risida ko‘plab taxminlar mavjud edi. Buning barchasi Rossiya bo‘yicha ekspertlar bahosi asosida tuzilgan edi. Menga dalillar lozim”, - dedi Skotland-Yard rahbari o‘rinbosari Nil Basu.

Gorod Solsberi v Velikobritanii, gde bili otravleni S. Skripal i yego doch - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV: Skripallarning zaharlanishini katta ehtimol bilan Britaniya uyushtirgan

Shu bilan birga, politsiya tergov tomonidan “Skripallarni zaharlashda gumonlanayotgan” Aleksandr Petrov i Ruslan Boshirovga nisbatan ayblovni ilgari surishga tayyor ekaninini bildirdi. Basuning so‘zlariga ko‘ra, Solsberidagi voqeani surishtirish ishlari davom etmoqda.

Skripallar ishi

2018 yilning to‘rtinchi mart sanasida Britaniyaning Solsberi shahrida GRU sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlandi. Bu katta xalqaro mojaroni keltirib chiqardi. London bu ishda Rossiyaning qo‘li borligi haqida bayonotlar bilan chiqdi, Moskva bu ayblovlarni qat’iy inkor qilib kelmoqda.

Rossiya bir necha bor hamkorlikda hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazishni taklif qilgan, ammo London bu tashabbuslarni javobsiz qoldirgan va Skripallarni Moskva tomonga ko‘rsatmagan.

Rossiya TIV shuningdek, Britaniya bosh vaziri tereza Meyning yolg‘onlarini fosh etdi. Mey zahar Rossiyada tayyorlanganini aytgan edi. Ammo Porton-Daun laboratoriyasida buni inkor etishdi.

Sal keyin London "Skripallarni zaharlashda gumonlanayotgan" ikki shaxsning suratlarini ommaga e’lon qildi va ular GRU ofitserlari — Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirovlar ekanligini ta’kidladi. Biroq ular Sputnik va RT bosh muharriri Margarita Simonyanga bergan intervyusida Britaniyada sayyoh sifatida bo‘lishganini va maxsus xizmatga hech qanday aloqalari yo‘qligini ma’lum qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0