O‘zbekiston harbiylari Zimbabve jamoasi ustidan g‘alaba qozondi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie komandi armii Uzbekistana vo vremya podgotovki k mejdunarodnim sorevnovaniyam "Tankoviy biatlon-2019" na podmoskovnom poligone "Alabino".
Voyennoslujashie komandi armii Uzbekistana vo vremya podgotovki k mejdunarodnim sorevnovaniyam Tankoviy biatlon-2019 na podmoskovnom poligone Alabino.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston "ArMI-2019"dagi tank biatlonida Zimbabve jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. Harbiylari tank va granatomet nishonlarini yo‘q qildi.

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. O‘zbekiston jamoasi "ArMI-2019"dagi tank biatlonida ikkinchi divizion yettinchi poygada Zimbabve jamoasi ustidan g‘alaba qozondi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston jamoasi tank bo‘yicha uchta nishondan bittasini, shuningdek granatomet bo‘linmasini yo‘q qildi. Biroq o‘zbekistonliklar raqibning shartli vertolotini yakson qila olmadi.

© SputnikKomanda Uzbekistana oderjala pobedu v "Tankovogo biatlona" na ArMI-2019
O‘zbekiston harbiylari Zimbabve jamoasi ustidan g‘alaba qozondi - Sputnik O‘zbekiston
Komanda Uzbekistana oderjala pobedu v "Tankovogo biatlona" na ArMI-2019

O‘zbekiston harbiylari uchta shtraf aylanmasidan o‘tib, Zimbabve jamoasidan 22 daqiqa oldin marraga yetib keldi.  

Xalqaro armiya o‘yinlarining “Tank biatloni” 3-17 avgust kunlari Moskva viloyati Alabino poligonida o‘tkazilmoqda.

Harbiy ekipaj otishma poygasi, suv to‘siqlarini yengib o‘tish va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha kuch sinashadi.

Yangiliklar lentasi
0